DUALIZM

DUALIZM (lot. dualis – ikki yoqlama) — bir-biri bilan birlashtirib bo’lmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi ta‘limot. Dualizm plyuralizm ko’rinishlaridan biri. Dualizm terminini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan. Dualizm quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: g’oyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obyekt va subyekt, bilim va e‘tiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat saltanati va boshqalar.