DINIY FUNDAMENTALIZM

DINIY FUNDAMENTALIZM — muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki, birlamchi ko’rinishini anglatadi. Diniy fundamentalizm ostida dinni ilk davrdagi holatini qayta tiklashga chaqirish tushuniladi. Islom fundamentalistlari musulmon dunyosini Qur‘on va shariat «ahkomlari» talablariga mos ravishda o’zgartirish tarafdorlari bo’lib, dunyoviy davlatchilik va qonunchilikni inkor qiladi.