DIPLOMAT

DIPLOMAT (fr. diplomate) — 1) muayyan bir davlatning xorijiy davlatlar bilan rasmiy aloqalarini yuritib turadigan va buning uchun maxsus tayyorgarlik ko’rgan lavozimli shaxs. Diplomatga hukumat tomonidan vakolat berilib, u chet davlatlarda daxlsizlik huquqidan foydalanadi; 2) boshqa kishilarga ustalik bilan muomalada bo’ladigan, o’z ishining nozik tomonlarini, qonun-qoidalarini, muzokara olib borish san‘atini biladigan kishi.