DENOMINATSIYA

DENOMINATSIYA (de… va lot. nominatio – nom) — valyutaning barqarorligini oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qog’oz pul nominali (yozib qo’yilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi o‗zgarmagan yangi pulga ma‘lum nisbatda almashtirish. Mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish tadbirlaridan biri, pul qadri pasayishini to‗xtatib qolish yoki susaytirish orqali pul tizimini sog’lomlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Denominatsiya muomalada bo’lgan pul mablag’lari (kupyura, tanga)lar massasini birmuncha kamaytirish imkonini beradi.