ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR – radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini o’lchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit Alfa-spektrometrlar) yoki ularning ionlovchi ta’sirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis strukturasi) ni o’rganish yadro fizikasida katta ahamiyatga ega. Spektrlar yadroning energetik sathlari to’g’risida ma’lumot beradi. Odatda, mahsul yadroning energetik sathlari bir-biriga yaqin bo’ladi. Masalan, Ra226 yadrosining ikkinchi va uchinchi uyg’ongan holati energiyalari farqi 20-43 keV. Shuning uchun a-spektrometrlarning energetik sathlar bir-biriga yaqin bo’lgan guruhlarini ajrata olish qobiliyati katta bo’lishi kerak. Hozirgi zamon magnit a-spektrometri energetik sathlar farqi 0,07% bo’lgan chiziqlarni ajrata oladi.