ALFATRON
ALFATRON, radioaktiv vakuummetr — gaz bosimini aniqlaydigan asbob. Ishlash tarzi oddiy yoki plutoniyning alfa-yemirilishi natijasida ionlashgan gazning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan. Alfatron, asosan, gaz bosimini avtomatik nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi.