ALYUMINATLAR

ALYUMINATLAR — alyuminat kislotalar (ortoalyuminat HjAIOj, metaalyuminat NA1O2 va boshqalar) ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R—sa, Mg, Sr, va, Be va hokazolar). Tabiatda eng ko’p tarqalgan. Ishqoriy metallarning Alyumenatlar suvda yaxshi eriydi. Alyumenatlar turli sohalarda ishlatiladi. Masalan natriy Alyumenatlar NaA102 gazlamalarni bo’yashda ishqor sifatida qo’llaniladi; kaltsiy Alyumenatlar Sa (AYU2)2 tez qotadigan giltuproqli tsementning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi; shpinellardan (ayrim II guruh metallar Alyumenatlar) olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda hamda qimmatbaho tosh sifatida foydalaniladi. Hozirgi vaqtda nodir metallarning Alyumenatlar alohida amaliy ahamiyatga ega. Ular maxsus keramika, lazer va optik shishalar, o’ta elektr o’tkazuvchan materiallar olishda, yadro texnikasida va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida nodir elementlar oksidlarining o’rniga ishlatiladigan materiallardir.