DAVLAT QARZI
DAVLAT QARZI — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliyakredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o’z daromadlari bilan xarajatlarini qoplay olmay qolganda budjet taqchilligi paydo bo’ladi va u qarz ko’tarish yo’li bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi.