ALYUMINOTERMIYA

ALYUMINOTERMIYA, alyumotermiya (alyuminiy va Yunoncha therme — issiqlik) — metallar oksidlarini alyuminiy bilan kaytarib metall va qotishmalar olish usuli; biror metal oksidi bilan metall holidagi alyuminiyning kukun aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilsa, 3000° gacha issiqpik ajralib chiqadi, ajralib chiqqan ortiqcha issiqlik hisobiga temir o’z oksididan oson qaytariladi. Bu usulni rus kimyogari N. N. Beketov (1827-1911) 1859 yil kashf etgan. Marganes, xrom, vanadiy, volfram va turli qotishmalar Alyuminotermiya usuli bilan olinadi. Alyuminotermiya dan po’lat va cho’yanni payvandlashda, yondiruvchi snaryadlarda foydalaniladi.