FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLAR
FUQAROLIGI BO’LMAGAN SHAXSLAR (apatridlar) — muayyan mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo’lmagan shaxslar. Shaxs o’z fuqaroligini yo’qotgan va yangidan fuqarolik huquqini olmagan vaqtda fuqarosizlik kelib chiqadi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar soni ko’payganligi tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan bir qancha xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (masalan, Fuqarosizlikni kamaytirish to’g’risidagi 1961-yilgi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi to’g’risidagi 1957-yilgi konvensiya).