EKSTERRITORIALLIK
EKSTERRITORIALLIK (lot. ex –…dan, territorialis – hududda bo’lgan) — chet el diplomatik vakolatxonalariga, uning hodimlariga ular kelgan mamlakatda beriladigan huquq va afzalliklar. Eksterritoriallik shaxs va turar joyning daxlsizligini, mahalliy qonunlarga asosan sud qilinmasligini, o’z hukumati bilan aloqa bog’lash uchun bevosita aloqa vositalaridan va va boshqa imtiyozlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Eksterritoriallik chet ellik davlat, hukumat boshliqlariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga va boshqa tegishli davlatning ruxsati bilan chet el suvlarida yurgan transport vositalari va harbiy kemalariga ham yoyiladi.