FRUSTRATSIYA

FRUSTRATSIYA (lot. frustratio aldanish, rejalarning barbod bo’lishi) — muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yo’lidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yo’lida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib bo’lmaydigan yoki subyektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo bo’ladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi.