FE’L-ATVOR

FE’L-ATVOR, xarakter — shaxsning atrof muhitga va o’z-o‗ziga munosabatida namoyon bo‗ladigan individual xususiyati. Har bir kishining Fe’l-atvorida uning bosib o’tgan hayot yo’li aks etadi. Kishining Fe’l-atvorini bilib, ma’lum vaziyatda o’zini qanday tutishini oldindan ko’rish va uning xatti-harakatini to’g’ri yo’naltirish mumkin. Fe’l-atvor xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va boshqalar); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga mas’uliyat yoki mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo’lish va boshqalar); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan yondashish va boshqalar).