FUNDAMENTALIZM

FUNDAMENTALIZM — keng ma’noda muayyan ta’limot aqidalarining o’zgarmasligini e‘lon qiladigan, e’tiqodni aql dalillaridan ustun qo’yadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi ma’noda bayon etilgan bo’lsa, shu ma’noda qabul qilinishini talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy ma’noda talqin etishga har qanday urinishlarni rad etadigan, din asoslarini og’ishmay bajarishni qattiq talab qiladigan ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yo’nalishlar. Tor ma’noda protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 1910-yillarda AQSHning janubiy shtatlarida paydo bo’lgan.