HOKIMIYATNING NOMARKAZLASHUVI

HOKIMIYATNING NOMARKAZLASHUVI — hozirgi davrda siyosiy hokimiyat rivojlanishining yana bir muhim tendensiyasi hisoblanadi. Bu markaziy davlat tuzilmalari vakolatlarining mahalliy tuzilmalar foydasiga qayta taqsimlanishida, ya‘ni o’z-o’zini boshqarishning rivojlanishida kuzatiladi.