HOKIM

HOKIM – (ar. hukm yurituvchi boshliq) markaziy hukumat tomonidan viloyatlarga tayinlangan hukmdor (gubernator); qozi (hokimi adolat); O’zbekiston mustaqillikka erishgach, hokimlik instituti tiklandi. Hokim, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, viloyat, tuman va shahar vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, hamda tegishli xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.