INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI

INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI (1789) — Buyuk fransuz inqilobining siyosiy manifesti. 1789-yil 26 avgustda Ta‘sis majlisida qabul qilingan. Shaxs, so’z, vijdon erkinligini, fuqarolarning qonun oldida tengligini, zulmga qarshilik ko’rsatish huquqini, xususiy mulk daxlsizligini asosiy huquqlar sifatida e‘tirof etgan.