ISHSIZLIK
ISHSIZLIK — bir qism iqtisodiy faol aholining o’ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Ishsizlik inson manfaatlariga to’g’ridan-to’g’ri ta‘sir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakat miqyosida 3-5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlikning tabiiy chegarasi) hisoblanadi.