KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA
KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA — monarxiya boshqaruv shaklining alohida turi. Unda monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan bo’ladi, saylab qo’yiladigan qonunchilik organi – parlament va mustaqil sudlar bo’ladi. Hozirgi vaqtda Konstitutsiyaviy monarxiyaning ikki shakli: dualistik monarxiya va parlament monarxiya mavjud.