SEPARAT SULH
SEPARAT SULH (lot. separatus – alohida) — urush olib borayotgan mamlakatlar koalitsiyasiga kirgan davlatlardan birining o’z ittifoqchilarini ogohlantirmay yoki ularning roziligini olmay, dushman bilan tuzgan sulh shartnomasi yoki vaqtincha yarash bitimi.