AMENOREYA

AMENOREYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi, men — oy va rheo — oqaman) — olti oy va undan ko’proq muddat hayz ko’rmaslik. Agar ayol ilgari hayz ko’rmagan bo’lsa, birlamchi, oldin hayz ko’rib yursa-yu, ma’lum vaqtdan so’ng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay to’xtab qolsa, ikkilamchi Amenoreya bo’ladi. Fiziologik Amenoreya balog’atga etmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimakteriya davrida uchraydi. Patologik Amenoreya og’ir infektsion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzili shi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o’zgarishi, organizmning zaxarlanishi, bachadonga turli eritmalar quyilishi tufayli ro’y beradi. Ba’zan Amenoreyada kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon ko’p kelib, to’satdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shang’illaydi va boshqalar. Hayz tsikli buzilgan hollarda darhol vrachga uchrashish va uning ko’rsatmalariga amal qilish lozim.