Bitikchi
Bitikchi-o’rta asrlarda xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor. Ma’nosi jihatidan kotib demakdir. Bitikchi atamasi shu ma’noda IX-XI asrlardan buyon ma’lum. Qadimgi So’g’diyonada, XI-XII asrlarda Saljuqiylar, G’aznaviylar va Xorazmshohlar davlatida bu lavozim egasi dabir, keyinchalik munshiy, XIX asrda O’rta Osiyo xonliklarida esa mirzo, mirzaboshi deb yuritilgan.