AMIGDALIN
AMIGDALIN, – glyukozidlar sinfiga mansub tabiiy organik birikma. Achchiq bodomda (2,5— 3,5%), shaftoli (2-3%), olxo’ri (1— 1,8%), olcha (0,8%) danagida, olma, nok urug’ida va boshqalarda bo’ladi. Amigdalin— yaltiroq plastinkasimon modda. Suyuqlashish temperaturasi 215°, suvda va qizdirilgan spirtda yaxshi eriydi. Amigdalinning kislotalar hamda achchiq bodom mevasining suvdagi ekstraktida bo’ladigan emulsion fermenti ta’sirida gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza, benzaldegid va tsianid kislota hosil bo’ladi. Amigdalin odam ichagida fermentlar va bakteriyalar ta’sirida parchalanib, tsianid kislotaga aylanadi va organizmning zaharlanishiga olib keladi.