GLOSSARIY
GLOSSARIY — izohlab yoki boshqa tilga, tarjima qilib beruvchi kam qo’llanuvchi so’z yoki iboralar lug’ati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tilida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda o’sha chet tiliga xos bo’lib, matnga kiritilgan so’zlar yoki iboralar ro’yxati keltirilib, ular izohi ilova qilinadi. Glossariy ko’proq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid darsliklarda uchraydi. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid Glossariylar ham bor. Masalan, Vedalarga (miloddan avvalgi I ming yillik), Gomer asarlariga (miloddan avvalgi V asrdan boshlab) oid Glossariylar.