ISHONCH YORLIG’I

ISHONCH YORLIG’I — biror shaxsning muayyan mamlakatda elchi yoki diplomatik vakil sifatida tayinlanganligini tasdiqlovchi rasmiy xat shaklidagi maxsus hujjat. Yorliq xorijiy davlat boshlig’i nomidan uni qabul qiluvchi davlat boshlig’iga yo’llanadi. Ishonch yorlig’ida mazkur shaxsga davlat manfaatlarini ifodalash topshirilganligi, uning so’zlari va harakatlariga ishonish lozimligi ta‘kidlanadi.