INFORMATSIYA

INFORMATSIYA (lot. informatio – tushuntirish, bayon qilish) — 1) odamlar birbiriga og’zaki, yozma yoki boshqa usulda beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni; Ijtimoiy-siyosiy Informatsiya — ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va boshqalar haqida ommaviy kommunikatsiyalar vositasida tarqatiladigan xabarlar majmui. Demokratik jamiyatda Informatsiyaga rostgo’ylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish, ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni holis tahlil etish va sharhlash talabi qo’yiladi.