INSTITUTSIONALLASHUV

INSTITUTSIONALLASHUV — rasmiylashgan, barcha e‘tirof etgan qoidalar, qonunlar, an‘ana va marosimlarga asoslangan ijtimoiy munosabatlarning barqaror na‘munalarining shakllanishi. Siyosatda institutsionallashuv asosiy siyosiy aktorlar tomonidan siyosiy me‘yorlar, qoidalar, tadbirlar, qadriyatlar, xulq-atvor na‘munalarini o’zlashtirish, e‘tirof etish, ularga amal qilish jarayoni. Siyosiy institutsionallashuv siyosiy barqarorlikning eng muhim shartlaridan biri.