KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI — O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi – 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan to’la xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat.