LEGION

LEGION (lot.) — Qadadimgi Rim armiyasidagi asosiy tashkiliy va taktik birlik (4,5-10 ming kishi); manipula va turmalardan, miloddan avvalgi I asr o’rtasidan esa kogortalardan tashkil topgan. XVI-XIX asrlarda Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiyada turli harbiy qismlar «Legion» deb yuritilgan (masalan, Sezar legioni; temir legionlar va boshqalar). Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyada harbiy asirlardan turli xalqlarning Legionlari tashkil qilindi.