KOMISSIYA
KOMISSIYA (lot. commission – topshiriq) — 1) kollegial organ, bironbir vazifani bajarish (saylov Komissiyasi, hisob Komissiyasi, taftish Komissiyasi) yoki maxsus tadbirlar o’tkazish uchun tuziladi; 2) Fuqarolik huquqida – shartnoma; unga ko’ra, bir tomon (komissioner) 2- tomon (komitent)ning topshirig’iga binoan muayyan haq evaziga o’z nomidan, lekin komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs bilan bitim tuzadi.