O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY XO’JALIK SUDI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY XO’JALIK SUDI — O’zbekistonda xo’jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi. Xo’jalik sudining vakolatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 111-moddasi va ―Sudlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri, 2000-yil 14-dekabr)da belgilab berilgan. Bunga ko’ra mazkur sud Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahri xo’jalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oliy xo’jalik sudi ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida, kassasiya tartibida va nazorat tartibida ko’radi; O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi Plenumining tushuntirishlari xo’jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xo’jalik sudlari faoliyatini tekshiradi, ularning ish tajribasini umumlashtiradi va ommalashtiradi. O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi rais, uning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlar, sudlov hay‘atlarining raislari, Oliy xo’jalik sudi sudyalaridan iborat bo’lib, quyidagi tartibda ish olib boradi: O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudining Plenumi; O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudining Rayosati; fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo’yicha sudlov hay‘ati; ma‘muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo’yicha sudlov hay’ati. O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi Plenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi, Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi sudyalarining maqomi, ularni saylash va tayinlash tartibi qonunda ko’rsatib o’tilgan.