MILLAT

MILLAT — 1) uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o’zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tarixining eng yuksak cho’qqisi, o’ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib topgan ijtimoiy birlik shakli. Millat kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg‗unligi va mushtarakligi demakdir. 2) siyosiy tizim rivojlanishi, ustivor qadriyatlari, me’yorlari, maqsadlariga doir yakdil bo’lgan fuqarolar birligi.