XUFYONA IQTISODIYOT

XUFYONA IQTISODIYOT — jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan taqsimot, ayriboshlash tovar-material boyliklarning iste‘mol va xizmat ko’rsatish sohalari. Davlat boshqaruv organlari va jamoatchilikdan yashiriladigan alohida fuqarolar, ijtimoiy guruhlar o‗rtasidagi mulkchilikning mavjud shakllaridan g’arazli ravishda o’z manfaati uchun shaxsiy yoki guruhlar manfaati uchun foydalaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (o’g’irliklar, g’arazli mansabdorlik va xo’jalik jinoyatlari, narkobiznes, qimor o’yinlar, fohishabozlik, bosqinchilik, qaroqchilik, shaxsiy mulkni o’marish, reket; amaldagi ro’yxatga olish tizimida va hisobotda real voqealik sifatida o’z ifodasini topgan faktik natijalar, iqtisodiy sub‘yektlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlarda va ular o’rtasidagi bevosita aloqalarda va hokazolardagi ma‘lum bir asosga ega bo’lgan nofarmal o’zaro harakatlar).