PALATALARNING QO’SHMA MAJLISI

PALATALARNING QO’SHMA MAJLISI — ikki palatali tuzilmaga ega bo’lgan parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda birlarida parlamentning qo’shma majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki safarbarlikni e‘lon qilish, davlat budjetini tasdiqlash, respublika prezidentini saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat boshlig’i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o’tkaziladi.