RADIKAL OQIM
RADIKAL OQIM — feministik mafkura oqimi bo’lib, xotin-qizlar harakatida XX asrning 60-70-yillarida qaror topgan. Bu oqim vakillarining fikricha, xotin-qizlarni ekspluatasiya qilishning ildizi – generativ funksiyalarga borib taqaladi, biologiya masalalari – sotsial va siyosiy, jinslar o’rtasidagi munosabatlar – sinfiy munosabatlar hisoblanadi. Yosh xotin-qizlarning radikal qarashlari ―Qizil paypoqlar, ―Feminalistkalar, ―Jodugarlar kabi tashkilotlarning faoliyatida o’z ifodasini topgan. Bu tashkilotlar ―toqat qilib bo’lmaydigan erkaklardan chetlashishni, aholining erkak qismi bilan dushmanlikda bo’lishni targ’ib va tashviq qiladilar. Feministik tashkilotlar AQSHdan tashqari Angliya va Skandinaviya mamlakatlarida keng tarqalgan.