QULDORLIK JAMIYATI

QULDORLIK JAMIYATI — insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat o’rniga kelgan tuzim. Quldorlik jamiyatida – quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy guruhlar ham mavjud bo’lgan. Eng qadimgi quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) miloddan avvalgi IV ming yillik oxiri — miloddan avvalgi III ming yillik boshida vujudga kelgan. Quldorlik jamiyati Yunoniston (miloddan avvalgi V-IV asrlarda) va Qadimgi Rimda (miloddan avvalgi II asr – milodiy II asr) yuksak darajada rivojlangan. Davr o’tishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga to’siq bo’la boshlagan. Qullar qo’zg’olonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.