RADIKALIZM

RADIKALIZM (lot. radicalis – tub, ildiz) — XIX asrda tub islohotlar va o’zgarishlarni talab qilib chiqqan siyosiy oqim. U siyosiy tuzum va ijtimoiy institutlarni tubdan o’zgartirishga qaratilgan g’oya va harakatlarni ifodalaydi. Radikalizm umume‘tirof etilgan an‘analarga butunlay zid munosabatda bo’lib, keskin harakatlarni yoqlab chiqadi. Radikal oqimlarning ko’pchiligida siyosiy radikalizm diniy niqob ostida namoyon bo’ldi. Ular islom davlatini qurish, xalifalikni qayta tiklash shiorlari bilan chiqib, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy-ma‘rifiy rivojini to‗xtatishga, bu jarayonni ortga o’rta asrlarga qaytarishga intilayotgani o’ta xatarlidir. Diniy aqidaparastlik ham radikalizmning bir ko’rinishi hisoblanadi. Diniy radikalizmning mazmun-mohiyati radikalizmning boshqa ko’rinishlari kabi o’ziga mos kelmaydigan boshqa har qanday oqim va qarashlarga nisbatan murosasizlikda, jamiyat taraqqiyotiga zid, g’ayriinsoniy g’oya va qarashlarni ilgari surishda namoyon bo’ladi.