SAYLOV HUQUQI
SAYLOV HUQUQI — saylov bilan uzviy bog’liq tushuncha bo’lib, uning mazmunini: a) saylovni tashkil qilish va o’tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlar yig’indisi; b) saylanadigan davlat organlari shakllanishini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimi; v) siyosiy partiyalarning kelgusi faoliyat dasturlari bilan tanishish va muhokama qilish, saylanish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish va ovoz berish kabi huquqlar tashkil etadi. Saylov huquqi fuqarolarning davlatning vakolatli organlariga saylash va saylanish huquqlari hisoblanadi. U saylov huquqining umumiyligi, tengligi va to’g’ridan to’g’riligi tamoyillariga tayanadi.