SAYLOV UCHASTKASI
SAYLOV UCHASTKASI — (O’zbekiston Respublikasida) saylovda ovoz berish va ovozlarni hisoblash uchun tashkil etiladigan hududiy birlik va bino. ―O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida (yangi tahriri, 2003-yil 29-avgust), ―O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida (1991-yil 18-noyabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida (1994-yil 5-may), ―O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida (yangi tahriri, 2001-yil 30- avgust), ―O’zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to’g’risida (1996- yil 26-aprel)gi qonunlarda saylov uchastkalari tuzish tartibi alohida moddada belgilab berilgan. Saylov uchastkasi tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko’proq qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilinadi. Saylov uchastkasi harbiy qismlarda, O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek, olis va borish qiyin bo’lgan yerlarda ham tuziladi. Saylov uchastkasi, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va ko’pi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat etib, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganda, alohida hollarda esa, istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi.