SINDIKAT
SINDIKAT (lot. sindicatus – ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Mahsulotni yagona savdo tarmog’i orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. Sindikat ta‘sis etgan umumiy savdo shirkati Sindikatning har bir a‘zosi bilan savdo sotiq to’g’risida shartnoma tuzadi. Banklar ham Sindikat tashkil etishlari mumkin. Bank Sindikati a‘zolari guruhning har qanday a‘zosi chiqargan qimmatli qog’ozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar o’rtasida tarqatish uchun qimmatli qog’ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozilik bildirganlaridan keyin Sindikat tuzilgan hisoblanadi.