SIYOSIY XAVFSIZLIK
SIYOSIY XAVFSIZLIK — xavfsizlikni ta‘minlashda millat imkoniyatlari, uning davlat idoralari tomonidan mustaqil ravishda davlat tizimi muammolarining hal etilishi, shaxs va jamiyat manfaatlari borasida mustaqil tashqi va ichki siyosat yuritishdan iborat bo’ladi. Ya‘ni siyosiy xavfsizlik bu siyosiy suverenitetni mustahkamligi, jamiyatning siyosiy barqarorligidir. Bu siyosiy barqarorlik esa davlat tomonidan fuqaro va shaxslar manfaatlari asosida – turli xil ijtimoiy guruhlar manfaatlari muvozanatini ta‘minlash siyosiy tizimni shakllantirish orqali erishiladi. Xalqaro munosabatlar tizimida siyosiy suverenitet barqarorligiga va jamiyatning siyosiy barqarorligiga erishmasdan davlatning siyosiy xavfsizligiga erishib bo’lmaydi.