SISTEMA
SISTEMA (yun. systema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ish harakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning o’zaro bog’liqligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va boshqalarning tasnifi; 3) muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. Hozirgi davr fan va texnika taraqqiyoti xo’jalikni boshqarish va milliy miqyosda axborotlar to’plash hamda o’rganishning avtomatlashtirilgan Sistemalarini ishlab chiqish va amalda qo’llashni talab etmoqda. Turli Sistemalarni tadqiq qilish bilan bog’liq masalalar Sistemalarning umumiy nazariyasi, kibernetika, sistemotexnika, sistemali analiz va shu kabilar doirasida o’rganiladi.