SIYOSIY IXTILOF

SIYOSIY IXTILOF (arab.) — siyosat sub‘yektlarining hokimiyatga erishish yoki undan foydalanish, shuningdek, ularning jamiyatdagi siyosiy maqomi o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan o’z maqsad va manfaatlarini amalga oshirish jarayonlaridagi intilishlarining bir-biriga nisbatan o’zaro to’qnashuvlaridir. Siyosiy ixtilof hokimlik munosabatlari tizimidagi o’rni va roliga ko’ra qarama – qarshi siyosiy manfaatlar, qadriyatlar, qarashlar, maqsadlarga ega sub‘yektlarning kurashi hisoblanadi. Siyosiy ixtilof tushunchasi bir turdagi sub‘yektlarning boshqalari bilan hokimiyat va siyosiy hukmronlik uchun kurashini anglatadi. Ishtirokchilariga ko’ra siyosiy ixtilof davlatlararo (sub‘yektlari – hokimiyat shahobchalari, siyosiy partiyalari v.h.), mintaqviy (hududiy) (sub‘yektlari – hududiy siyosiy kuchlar), mahalliy bo’lishi mumkin.