TENG HUQUQLILIK

TENG HUQUQLILIK — konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida tengligini rasman e‘tirof etishni bildiradi. Unga ko’ra, muayyan davlat fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, e‘tiqodi, jamoat birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qat‘i nazar, teng huquq, erkinlik va majburiyatga ega bo’ladilar. Teng huquqlilikning realligi jamiyat va davlat tuzumining qanchalik demokratiyaliligini anglatadi.