UNVON

UNVON — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va boshqa malakalari rasman e‘tirof etilganligini tasdiqlaydi. Unvon belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, Unvon bilan bog’liq bo’lgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida faxriy, harbiy, ilmiy, maxsus professional, sport, akademik Unvon, turli mukofot, konkurs laureatlari Unvoni va shu kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan Unvon diplomatiya xodimlari uchun belgilangan Unvon diplomatiya daraja va martabalari deb ataladi.