XALQARO HUQUQ

XALQARO HUQUQ — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (sub‘ektlar) o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsip va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq ob‘yektda o’z mazmun mohiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrog’i, davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro huquqning asosiy sub‘yektlari davlatlar hisoblanadi. Ularning o’zaro kelishuvi bilan vujudga keladigan Xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi. Xalqaro huquqning o’ziga xos xususiyati ana shundadir. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.