Buxorxudot

Buxorxudot-VII-VIII asrlarda Buxoroda mavjud bo’lgan kichik feodal davlati hukmdorlarining nomi. Buxoroni arablar bosib olganidan keyin Buxorxudot hukmdorligi o’z mavqeini yo’qotdi. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” nomli asarida keltirilan ma’lumotlarga qaraganda, VII asrning 80-yillari va VII asrning o’rtalarida Buxoroda Bidun, Tug’shoda, Buniyot va Sukun ismli buxorxudotlar hukmronlik qilganlar. Arablar Buxoroga bostirib kirganda Buxoroda Tug’shodaning onasi buxorxudot bo’lgan.