Zardo’shtiylik
Zardo’shtiylik-miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Qadimgi Eron va O’rta Osiyo hududlarida paydo bo’lgan din. Uning nomi shu dinga asos solgan afsonaviy payg’ambar Zardusht nomi bilan bog’liq. Zardo’shtiylikning asosiy muqaddas kitobi Avestodir. Zardo’shtiylikning asosiy g’oyalarida dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasidagi kurashga bog’liq deb tushuntiriladi. Zardo’shtiylik dunyoni yorug’lik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yovuzlik xudosi Anxra-Man’yo o’rtasidagi kurashdan iborat deb ta’kidlaydi. Zardo’shtiylik quldorlik va ilk feodalizm davrida O’rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda keng tarqalgan. Bu hududlar arablar tomonidan bosib olingach, zardo’shtiylikka sig’inuvchilar majburan islom diniga o’tkazilgan.