Ijtihod

Ijtihod-fiqh sohasida yuksak bilimga ega bo’lish, diniy-huquqiy masalalarni mustaqil hal eta bilish. Islomda eng yuqori tabaqaga mansub faqhlargina shunday huquqga, ya’ni ijtihod huquqiga ega bo’lgan va mujtahid deb atalgan. Ular ilgari uchramagan masalalarni hayot talabiga muvofiq, Qur’on va hadisga asoslangan holda hal qilganlar.