Inoq

Inoq-turkiy so’z bo’lib, do’stona, yaqin odam, inoq, ishonchli vakil, ishonchli mansab egasi yoki mansabdor hamda o’z ishiga ishonchli va sadoqatli degan ma’olarni anglatgan. Odatda, inoqlar eng qudratli o’zbek urug’lari amirlaridan tayin etilgan va ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo’lgan. Buxoro amirligida inoq yuqori 11 toifadagi martabalardan hisoblangan bo’lib, uning ikki xil toifasi, ya’ni katta inoq (inoqi kalon) va kichik inoq (inoqi hurd) mavjud bo’lgan. Xiva xonligida inoqlar yirik amaldor, ya’ni qabila boshlig’i hisoblangan. Inoqlar huzurida qushbegi, mehtar va otalikdan iborat kengash bo’lgan hamda ular amaliy tadbirlar ishlab chiqishga yordamlashgan.